“TurkLang 2018 – Turkiy tillarni kompyuterli qayta ishlovi” deb nomlangan 6- Xalqaro konferensiya
Hurmatli hamkasblar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, Kompyuter lingvistikasi bo‘yicha “TurkLang 2018 – Turkiy tillarni kompyuterli qayta ishlovi” deb nomlangan 6- Xalqaro konferensiya 2018-yil 18-20 oktyabr kunlari Toshkent shahri Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida (O‘zbekiston) o‘tkazilishini ma’lum qilmoqchimiz.
Konferensiya yo‘nalishlari:
- Turkiy tillarning formal modellari
- Kompyuter tizimi va terminologiyaning milliy lokallashuvi
- Korpusshunoslik
- Matnni qayta ishlovchi ilova
- Nutq texnologiyasi
- Mashina tarjimasi
- Turkiy tillarni o‘rganishda intellect tizimlari va texnologiyalari
- Turkiy tillarning lingvistik ontologiyalari
Muhim sanalar:
Annotatsiyalarni qabul qilish | 20-sentyabr |
---|---|
Tahrir natijalarini e’lon qilish | 5-oktyabr |
Konferensiya dasturini e’lon qilish | 10-oktyabr |
Konferensiya kunlari | 18-20 oktyabr |
Konferensiya plenariya, davra suhbati va taqdimotlardan iborat bo‘ladi.
Konferensiyaning qismi sifatida doimiy o‘tkazilib kelinayotgan “Turkiy tillarning elektron korpusida Grammatik annotatsiya tizimlarining unifikatsiyasi” bo‘yicha UniTurk seminari bo‘lib o‘tadi.